Namanganda ovqatlanish shoxobchasi 580 million so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qildi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
36 million so‘mlik elektr energiyasi ham noqonuniy o‘zlashtirilgan

Yoqilg‘i va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari amalga oshirildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan oilaviy korxona rahbari o‘ziga tegishli umumiy ovqatlanish shoxobchasida tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanib, 580 mln so‘mlik tabiiy gaz hamda 36 mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan korxona rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u protsessual tartibda ushlandi.
Eslatiib o‘tamiz, avvalroq yoqilg‘i va energiya talon-torojiga qarshi kurash bo‘yicha prezident yangi tartibni joriy qilgan edi.