Oʻzbekiston Janubiy Koreyaga penaltilar seriyasida yutqazib, jahon chempionatiga chiqolmadi

«U-20» Osiyo kubogi doirasida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuv shiddatli va dramatik tarzda kechdi. Dastlab 18-daqiqada Asilbek Jumayev Oʻzbekistonni oldinga olib chiqdi. Ammo 26-daqiqada koreyslar javob golini urishdi. Shin Minha hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda Koreya ustunlikni qo‘lga kiritdi. 56-daqiqada Shin Minha dubl qayd etib, jamoasini oldinga olib chiqdi. 61-daqiqada esa Kim Tayvon yana bir gol urib, ustunlikni mustahkamladi – 3:1.

Shunga qaramay Oʻzbekiston yigitlari oxirigacha kurashni davom ettirdi. 90-daqiqada Muhammadali Oʻrinboyev hisobni qisqartirdi – 3:2. Asosiy vaqt so‘ngida esa vakillarimiz yana bir gol urib, hisobni tenglashtirishdi – 3:3.
Shundan so‘ng qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tildi. Ushbu bo‘limlarda esa gol urilmadi va navbat penaltilar seriyasiga yetib keldi. Unda omad Janubiy Koreyaliklarga klub boqdi. Shu tariqa Farhod Nishonov shogirdlari nafaqat turnirni tark etishdi, balki Chilida oʻtadigan jahon chempionati yoʻllanmasini ham qoʻlga kirita olishmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston «U-20» futbol terma jamoasi Eronga g‘alabani boy bergan edi.