O‘zbekiston va Xorvatiya mehnat migratsiyasida hamkorlik qiladi

eʼlon qilindi
Xorvatiyadagi O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida
Foto: «Dunyo» AA

Zagrebda O‘zbekiston delegatsiyasi Xorvatiya bilan mehnat migratsiyasini rivojlantirish masalalarida muzokaralar olib bordi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tashrif davomida Xorvatiya Tashqi ishlar, Demografiya va migratsiya hamda Mehnat vazirliklari rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Muzokaralar chog‘ida mehnat migratsiyasini rivojlantirish va hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Xorvatiya tomoni o‘zbekistonlik mutaxassislarni ishga jalb etishga qiziqish bildirdi hamda ular uchun til kurslarini tashkil etishga tayyorligini ma’lum qildi. Shuningdek, mehnat vizalarini soddalashtirish va hukumatlararo bitim ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Delegatsiya tashrif doirasida O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish masalalarini ham ko‘rib chiqdi. Xorvatiyada faoliyat yuritayotgan yurtdoshlar va yetakchi rekruting kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar BAAda tabbirkorlik bo‘yicha ta’lim olishlari mumkinligi haqida yozgan edik.

Shuningdek