City Pay Gate kompaniyasi kriptoaktivlar sohasida ikkita litsenziya oldi

eʼlon qilindi
Bu haqda ILMA axborot xizmati xabar berdi
Foto: Pexels.com

24-fevral kuni Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) City Pay Gate qoʻshma korxonasiga kriptoaktivlar aylanmasi sohasida xizmat koʻrsatuvchi provayderga ikkita litsenziya berdi. Bu haqda ILMA axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, korxona mamlakatda toʻrtinchi kriptodepozitariy va oʻninchi kriptodoʻkonga aylandi. Kompaniyaning ulushdorlari Paynet (45 foiz), Litvaning UAB City Pay (45 foiz) va David Koberadze (10 foiz) ekanligi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, bu sohadagi litsenziyalash davlat bojlari kriptodoʻkon uchun 1,3877 mlrd soʻm, kriptodepozitariy uchun esa 2,625 mlrd soʻmni tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Binance kriptobirjasi Oʻzbekiston bozoriga kirishi haqida haqida xabar bergan edik.

Shuningdek