Jinoyat protsessi ishtirokchilariga to‘lovlar belgilandi
eʼlon qilindi
Yengil tan jarohati yetkazilgan yoki mulkiy zarar ko‘rganlarga bir martalik nafaqa to‘lanadi

Jinoyat protsessi ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish Ijtimoiy himoya agentligiga yuklatildi. Bu haqda hukumat qarorida belgilandi.
Endilikda jinoyat protsessida ishtirok etgani sababli halok bo‘lgan, nogironlikka olib kelgan tan jarohati olgan, yengil tan jarohati yetkazilgan yoki mulkiy zarar ko‘rganlarga bir martalik nafaqa to‘lanadi. Nafaqa miqdori quyidagicha belgilanadi:
- halok bo‘lgan shaxsning yaqinlariga – bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 100 baravarigacha;
- voqea tufayli nogiron bo‘lganlarga – BHMning 50 dan 80 baravarigacha;
- yengil tan jarohati olganlarga – BHMning 25 dan 35 baravarigacha.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh Ijtimoiy toʻlovlar bazasidagi 150 yoshli odamlar tizimdagi xatolik bilan izohlangani haqida yozgan edi.