Namangan va Toshkent viloyatlarida qor koʻchish xavfi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
25 – 28-fevral kunlari
Foto: Bigandt / depositphotos.com

25 – 28-fevral kunlari yogʻingarchilik va havo haroratining oʻzgarishi sababli Oʻzbekistonning ayrim togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi mavjud, deb xabar bermoqda «Oʻzgidromet».

Aholi, dam oluvchilar va haydovchilarga quyidagi hududlarda ehtiyotkorlik choralarini koʻrish tavsiya etiladi:

  • Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
  • Namangan viloyati: Pop tumani.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 24-fevral kuni mamlakat boʻylab havo oʻzgaruvchan va ayrim hududlarda yogʻingarchilik kuzatilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek