O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

eʼlon qilindi
Mamlakatlararo madaniy-gumanitar almashinuvlar borasida muzokaralar olib borildi
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev O‘mon sultonligi tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaidiyni qabul qildi va davlatlararo hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, uchrashuv oldidan O‘mon sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning samimiy salomi va maktubi yetkazildi.

Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliyaviy sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ishbilarmonlik aloqalarining faollashgani va O‘zbekiston – O‘mon investitsiya kompaniyasi portfelini kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Foto: President.uz

Bundan tashqari, joriy yil aprel oyida hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va qo‘shma biznes forumini o‘tkazish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuv va to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda, shuningdek, joriy yil may oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz davlatlari» ikkinchi sammitiga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyevga Ka’ba yopinchig‘i kisvasining bir parchasi sovg‘a qilingan edi.

Shuningdek