BMT Bosh Assambleyasi Ukrainadagi harbiy mojaroga oid ikki rezolyutsiyani qabul qildi. O‘zbekiston betaraf qoldi

eʼlon qilindi
18 ta davlat qarshi chiqdi
Foto: BMT / Manuel Elías

BMT Bosh Assambleyasi Ukrainadagi harbiy mojaroga doir ikkita rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sahifasida ma’lum qilindi. O‘zbekiston betaraf pozitsiyada qoldi.

Ikkala hujjatda ham «kompleks, adolatli va mustahkam tinchlik»ni ta’minlash hamda Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash chaqirig‘i mavjud.

Biroq BMTga a’zo davlatlar tinchlikka erishish yo‘llari borasida turlicha fikr bildirdi. Shu sababli birdaniga ikki rezolyutsiya ovozga qo‘yildi. Ulardan biri (L.10) – «Ukrainada kompleks, adolatli va mustahkam tinchlikka erishishga ko‘maklashish» bo‘lib, uni Ukraina va Yevropa davlatlari tayyorlagan. Ikkinchisi (L.11) – «Tinchlik yo‘li» nomlanib, AQSh tomonidan ilgari surilgan.

Foto: BMT

L.10 rezolyutsiyasini 93 ta davlat qo‘llab-quvvatladi, 18 ta davlat qarshi chiqdi. Yana 65 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston betaraf pozitsiyada qoldi.

L.11 rezolyutsiyasi esa Assambleya yig‘ilishida qayta ko‘rib chiqildi. Asl variantda urush sabablariga yetarli e’tibor qaratilmagani va Ukrainaning hududiy yaxlitligi haqida aniq bayonot berilmagani tanqid qilindi.

L.11 loyihasini ham 93 davlat qo‘llab-quvvatladi. Sakkiz davlat, jumladan, Rossiya va Belarus unga qarshi chiqdi. AQSh esa ovoz berishdan tiyildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston BMT Xavfsizlik Kengashining vaqtinchalik a’zoligiga oʻz nomzodini ilgari surgan edi.

Shuningdek