Qazaq air 1-maydan Ostonadan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

2025-yil 1-maydan boshlab Qazaq air aviakompaniyasi Ostonadan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Ushbu reys Turkistonda qulay tranzit bilan amalga oshiriladi.
Ma’lum qilinishicha, parvozlar haftada ikki marta: payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Bir tomonlama chipta narxi 41 ming tengedan ($82) boshlanadi. Turkistondan chipta narxi esa 23 ming tengeni ($46) tashkil qiladi.
«Turkiston va Samarqand bizning umumiy tariximizning muhim qismi. Biz sayyohlarga bir vaqtning o‘zida Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlari lazzatini his qilish imkonini yaratmoqdamiz«, — dedi Qazaq air boshqaruvi raisi Adilbek Umraliyev.
Parvozlar Kanadada ishlab chiqarilgan De-Havilland Dash 8-Q400 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Olmaotaga qo‘na olmagan samolyot Toshkentga yo‘naltirilgani haqida xabar bergan edi.