Yevroittifoq Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qildi

eʼlon qilindi
To‘rtta bank va Syrian Airlines aviakompaniyasi sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarildi
Suriya
Foto: Reuters

Yevropa Ittifoqi Kengashi Bashar Asad rejimi qulaganidan soʻng Suriyada inklyuziv siyosiy oʻtishni qoʻllab-quvvatlash va iqtisodiy tiklanishni tezlashtirish maqsadida sanksiyalarni yumshatishga qaror qildi.

Yumshatilgan sanksiyalar energetika va transport sohalaridagi moliyaviy operatsiyalar hamda gumanitar va qayta qurish faoliyatiga ta’sir qiladi. Toʻrtta bank va Syrian Airlines aviakompaniyasi sanksiyalar roʻyxatidan chiqarildi, shuningdek, tovarlar eksporti boʻyicha ayrim cheklovlar bekor qilindi.

YI Suriya vaziyatini kuzatishda davom etishini va sanksiyalarni toʻliq bekor qilish imkoniyatlarini baholashini ma’lum qildi.

Suriya Tashqi ishlar vazirligi bu qarorni ijobiy qarshi oldi. Shu bilan birga, YI tashqi siyosat vakili Kaya Kallas agar Damashqdagi yangi hokimiyat notoʻgʻri qadamlar qoʻysa, sanksiyalar qayta tiklanishini bildirdi. YI vakolatxonasi Damashqda qayta ishga tushirilishi ham mumkin.

YI sanksiyalarni yumshatish orqali Suriya rasmiylarini demokratiya sari ragʻbatlantirish va qochqinlarning qaytishini ta’minlashga umid qilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish rejasini ma’qullagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek