AQSh dollarining rasmiy kursi pasayishda davom etmoqda

eʼlon qilindi
15,29 soʻmga tushdi
Фото: Frederick Warren / Unsplash

25-fevral kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 15,29 soʻmga tushib, 12 884,62 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 825 – 12 880 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 895 – 12 960 soʻm oraligʻida sotmoqda.

Shu bilan birga, yevro 12,15 soʻmga tushib, 13 495,35 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 2,11 soʻmga ortib, 148,85 soʻmga teng boʻldi.

Kursiv Uzbekistanʼga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.

Shuningdek