Turkmanistonda 8-mart munosabati bilan ayollarga mukofot pullari beriladi

eʼlon qilindi
Har bir ayolga 60 manat (taxminan 220 ming so‘m) beriladi

Turkmanistonda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollarga davlat rahbari nomidan pul sovg‘alari topshiriladi. Bu haqda Turkmenistan today nashri ma’lum qildi.

Turkmaniston prezidenti farmoyishiga ko‘ra, 2025-yil 1-martdan 6-martgacha bo‘lgan davrda mamlakatning turli korxona, muassasa va tashkilotlarida ishlovchi ayollar, davlat nafaqasida bo‘lganlar, oliy ta’lim muassasalari talabalari va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga 60 manat (220 ming so‘m) miqdorida pul mukofotlari topshiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkmenistan Airlines aviakompaniyasi dekabrda Moskvaga reyslarini bir oyga toʻxtatgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek