Oylik maosh 2 ming yevrogacha: Latviya yuk mashinasi haydovchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qildi
eʼlon qilindi
Xarajatlar mustaqil qoplanadi

Migratsiya agentligi va Latviyaning «Sia Kreiss» kompaniyasi yuk avtomobili haydovchilari uchun 40 ta bo‘sh ish o‘rni taklif qilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.
Oylik maosh 1,6 – 2 ming yevro atrofida. Nomzodlar 18 – 55 yosh oralig‘ida bo‘lishi, rus tilini muloqot darajasida bilishi, kamida bir yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi va sudlanmagan bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, O‘zbekistondan chiqishga taqiqi bo‘lmasligi lozim.
Ishga qabul qilingan shaxslar viza xarajatlari, aviachipta, agentlik to‘lovi (10 BHM) va ovqatlanish xarajatlarini mustaqil qoplaydi.
Ro‘yxatdan o‘tish va anketa to‘ldirish uchun: xorijdaish.uz
Murojaat uchun tel: 71-202-33-55 (ichki raqam 87).