O‘zbekistonliklar Buyuk Britaniyada talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

eʼlon qilindi
Kasbiy ta’lim modellari ishlab chiqiladi
Foto: «Dunyo» AAA

O‘zbekiston elchixonasida Buyuk Britaniyaning «Harrow, Richmond and Uxbridge College» (HRUC) vakillari bilan mehnat bozori masalalari muhokama qilindi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, muzokaralar davomida o‘zbek mutaxassislarini Buyuk Britaniyada talab yuqori bo‘lgan sohalar bo‘yicha tayyorlash va ularga amaliy ko‘nikmalar berish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Buyuk Britaniya mehnat bozori ehtiyojlariga mos keladigan kasbiy ta’lim modellarini ishlab chiqish, modulli ta’lim tizimini joriy etish hamda malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Shuningdek, Britaniya ish beruvchilari bilan hamkorlikni rivojlantirish, migrantlarni ish bilan ta’minlash va davlat-xususiy sheriklik asosida qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar BAAda tadbirkorlik bo‘yicha ta’lim olishlari mumkinligi haqida yozgan edik.

Shuningdek