Qozog‘istonda O‘zbekistonning bo‘sh vagonlari harakatiga cheklov qo‘yildi

eʼlon qilindi
2025-yil 8-martga qadar
Foto: The Greenbrier

Qozog‘iston temir yo‘llari O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonga tegishli bo‘lgan bo‘sh don vagonlarning mamlakat hududiga kirishini vaqtincha chekladi. Bu haqda Logistan nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu cheklov 2025 yil 26-fevraldan 8-martgacha amal qiladi. Milliy temir yo‘l kompaniyasi ushbu qarorning aniq sabablarini oshkor qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Qozogʻistondan Oʻzbekistonga olib kelinayotgan 43 vagon kartoshka chegarada chirib ketgani haqida xabar bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Hayraton – Mozori-Sharif» temir yo‘lidan foydalanish bo‘yicha shartnoma uzaytirilgan edi.

Shuningdek