Rossiyadagi patent imtihonlariga tayyorlanish uchun onlayn platforma ishga tushdi

eʼlon qilindi
Platformadan foydalanish bepul
Foto: DmitriyPoch

Migratsiya agentligi Rossiyada vaqtinchalik ishlash uchun patent olishga tayyorgarlik ko‘rishga mo‘ljallangan onlayn platformani ishga tushirdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.

Ishlash istagida bo‘lganlar platforma orqali rasmiy imtihon topshiriqlariga o‘xshash testlarni ishlab ko‘rishlari mumkin. Ya’ni bunda foydalanuvchiga rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligiga oid savollar yuzasidan topshiriqlar beriladi. Platformadan foydalanish bepul.

Platformada 7 ta test varianti mavjud bo‘lib, ular turli shakldagi vazifalar asosida tuzilgan:

  • tinglash qobiliyati (audio bo‘yicha savollar);
  • o‘qish qobiliyati;
  • lug‘at va grammatika bo‘yicha;
  • Rossiya tarixi;
  • Rossiya qonunchiligi asoslari.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Migratsiya agentligi tomonidan Latviyada yuk mashinasi haydovchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek