Davlat boshqaruvida xotin-qizlarning ishtiroki 27 foizdan 35 foizga yetdi

O‘zbekiston gender tenglik yo‘nalishida sezilarli yutuqlarga erishib, ochiq gender ma’lumotlar indeksida eng yaxshi 20 davlat qatorida qayd etildi. Bu haqda Oliy Majlis Senati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Jahon banki indeksiga ko‘ra, mamlakatimiz dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta davlat qatoridan joy oldi.
Shuningdek, ochiq gender ma’lumotlar indeksida eng yaxshi 20 davlat qatorida, parlamentlararo ittifoqning «Parlamentdagi ayollar» reytingida esa O‘zbekiston 193 davlat ichida 36-o‘ringa ko‘tarildi.
Ayni paytda davlat boshqaruvida xotin-qizlarning ishtiroki ortib bormoqda. So‘nggi yetti yilda ularning rahbarlikdagi ulushi 27 foizdan 35 foizga yetdi. Qonunchilik palatasida bu ko‘rsatkich 38 foizni, mahalliy Kengashlarda esa 32,5 foizni tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning ro‘yxati shakllantirilishi haqida yozgan edik.