Firibgarlik yo‘li bilan olingan 3,5 mlrd so‘mlik kriptoaktivlar qaytarildi – ILMA

eʼlon qilindi
2024-yilda
Фото: Unsplash

2024-yilda «Heemera» va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan firibgarlik yo‘li bilan fuqarolardan olingan qariyb 3,5 milliard so‘mlik kriptoaktivlar egalariga qaytarildi. Bu haqda agentlikning Kriptoaktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Askarjon Zakirov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.

Bugun, 27-fevral kuni ILMAning 2024-yil yakunlariga bag‘ishlangan brifingi o‘tmoqda. Unda kriptoaktivlarni himoya qilish va firibgarlik yo‘llari bilan egalaridan o‘g‘irlangan aktivlarni qaytarish haqida alohida ta’kidlab o‘tildi.

Zakirovning ta’kidlashicha, «Heemera» MCHJ o‘tgan yilda blokcheyn tahlili va o‘g‘rilik, firibgarlik, tovlamachilik va boshqa noqonuniy harakatlar natijasida yo‘qolgan kriptoaktivlarini qaytarish bo‘yicha faoliyat olib bordi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan City Pay Gate kompaniyasi kriptoaktivlar sohasida ikkita litsenziya olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek