O‘zbekistonda AQSh dollarining rasmiy kursi pasayishda davom etmoqda
eʼlon qilindi
2,58 so‘mga tushdi

27-fevral kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 2,58 soʻmga tushib, 12 877,37 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 820 – 12 850 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 885 – 12 940 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Shu bilan birga, yevro 18,16 soʻmga tushib, 13 501,92 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 5,52 soʻmga tushib, 148,17 soʻmga teng boʻldi.
Kursiv Uzbekistanʼga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.