Xalqaro marketpleyslar O‘zbekistonda 160 mlrd so‘m soliq to‘ladi

O’zbekiston hududida 70 dan ortiq milliy elektron savdo platformalari (marketpleyslar) faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, Yandex, Ozon, Wildberries va Wolt kabi yirik xalqaro savdo platformalarining O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi va rasmiy ro‘yxatdan o‘tishi natijasida ular tomonidan 2024-yilda davlat budjetiga 160 mlrd so‘m soliq tushumlari to‘langan. Bu haqda ILMA 2024-yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar berdi Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Mazkur sohada faoliyat yuritayotgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni 55% ga oshgan, natijada 500 mingdan ortiq kishi ish bilan ta’minlangan.
2024-yil davomida onlayn savdo platformalarining faoliyati baholash reytingi ishlab chiqilib, Agentlikning rasmiy veb-sahifasida e’lon qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Temu O‘zbekistonda bloklanishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.