«Roma» bosh murabbiyi Shomurodovning o‘yiniga baho berdi
eʼlon qilindi
Jamoaning har bir futbolchisi maydonga tushishni istaydi

«Roma» klubi bosh murabbiyi Klaudio Ranyeri Eldor Shomurodovning «Monsa»ga qarshi o‘yinini baholadi, deb xabar berdi RomaPress portali.
«Samaradorlik insonning o‘zi va uning irodasiga bog‘liq. Bu yerda hamma mashg‘ulotlarda 100% harakat qiladi», – dedi Ranyeri.
Uning qo‘shimcha qilishicha, jamoaning har bir futbolchisi maydonga tushishni istaydi. Sportchilar orasidan tanlov qilish qiyin, ammo Ranyerining fikriga ko‘ra, agar murabbiy xatoga yo‘l qo‘ysa ham, bu katta xato bo‘lmaydi. Chunki barcha futbolchilar astoydil shug‘ullanmoqda.
Avvalroq hafta boshida «Roma» «Monsa»ni 4:0 hisobida mag‘lub etgani haqida yozgan edik. Shomurodov 32-daqiqada gol urdi, shuningdek, Aleksis Salemakersga golli uzatma berdi va u ushbu uchrashuvda hisobni ochdi.