Telegram «Pullik xabarlar» funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda

eʼlon qilindi
Suhbat uchun olingan yulduzlar chat egalariga tushadi
Foto: prykhodov / depositphotos

Telegram messenjerida shaxsiy va guruh suhbatlari uchun pullik xabarlar funksiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda «Telegram Info» kanali xabar berdi.

Unga ko‘ra, guruh yoki chat egasi ushbu funksiyani o‘z xohishiga ko‘ra yoqishi mumkin. Suhbatlashish uchun belgilangan to‘lov amalga oshirilganda, yulduzlar Telegramga emas, balki chat egalariga tushadi.

Hozircha pullik xabarlarni yoqish va o‘chirish funksiyasi faqat shaxsiy suhbatlar hamda guruhlarda mavjud bo‘ladi. Ushbu funksiyaning boshqa jihatlari haqida hozircha aniq ma’lumot berilmagan. Biroq hozirda funksiya faqat ayrim foydalanuvchilar uchun va Telegram sinov serverida sinab ko‘rilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Telegram’da «17,5 mln so‘m oling» mazmunidagi yolg‘on xabarlar tarqalayotgani haqida xabar bergandi.

Shuningdek