Diniy tashkilotlar va davlat o‘zaro faoliyatiga aralashmaydi

Dinning davlatdan ajratilgani prinsipi davlat organlari va diniy tashkilotlarning o‘zaro mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ularning biri-birining faoliyatiga aralashmasligini belgilaydi.
Konsepsiyaga ko‘ra, davlat diniy tashkilotlar zimmasiga o‘z vazifalarini yuklamaydi va aksincha, diniy tashkilotlar davlat funksiyalarini amalga oshirishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu tamoyil konstitutsiyaviy huquqiy tizim, demokratiya, dunyoviylik, erkinlik, tenglik, insonparvarlik, ijtimoiy adolat va inson huquqlari g‘oyalariga asoslanadi.
Bunday yondashuv jamiyatdagi diniy va dunyoviy qadriyatlarning uyg‘unligini ta’minlash bilan birga, fuqarolarning e’tiqod erkinligini hurmat qilish hamda davlat va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi aniq chegaralarni saqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan rasman O‘zbekistonda Ramazon 1-martdan boshlanishi haqida xabar bergan edi.