
O‘zbekiston Kubogi bahslarining sovrin jamg‘armasini tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston futzal federatsiyasi ma’lum qildi.
Musobaqaning yarim final ishtirokchilari har biri 50 mln so‘mdan mukofot puli oladi. Finalga chiqqan jamoalardan ikkinchi o‘rin sohibiga 100 mln so‘m, chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoaga esa 200 mln so‘m mukofot taqdim etiladi.
Joriy mavsumda O‘zbekiston Kubogida 16 ta jamoa qatnashadi. Qur’a tashlash natijasida quyidagi guruhlar shakllandi:
- «A» guruhi: BMB, «Dizak», «Paxtakor», «Guliston»
- «B» guruhi: «Oil Star», «Bunyodkor», «Maksam-Chirchiq», «Neftchi»
- «C» guruhi: OKMK, «Surxon», «Qizilqum», DHL
- «D» guruhi: «Lokomotiv», «Dinamo», «Nasaf», SQB
Avvalroq Kursiv Uzbekistan rasman Oʻzbekiston futzal federatsiyasi tashkil etilgani haqida xabar bergan edi.