2025–yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori ma’lum bo‘ldi

Musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2025 / hijriy 1446–yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori bo‘yicha qarori tasdiqlandi. Bu haqda Musulmonlar idorasi ma’lum qildi.
Zakot
Zakot nisobi ≈ 85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib chiqib 61 mln 200 ming so‘m etib belgilandi. Bunda zaruriy ehtiyojidan tashqari kamida yuqorida ko‘rsatilgan qiymatidagi pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lganlar, jami mablag‘ining qirqdan biri (2,5 foizi)ni zakot niyatida haqdorlarga berishi kerak.
Fitr
Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha:
≈ 2 kg bug‘doy unidan – 10 ming so‘m,
≈ 4 kg arpadan – 16 ming so‘m,
≈ 2 kg mayizdan 110 ming so‘m,
≈ 4 kg xurmodan – 180 ming so‘mni tashkil etadi.
Bunda ham har kim o‘z imkoniyatiga ko‘ra ushbu to‘rt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi sifatida bersa bo‘ladi.
Fidya
Shuningdek, bir kunlik fidya miqdori fitr sadaqasi bilan bir xil bo‘ladi. Har kim oʻz imkoniyatiga qarab, ushbu toʻrt mahsulotning xohlagan bir turidan fidya miqdorini ajratishi kifoya qiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda Ramazon 1–martdan boshlanishi haqida yozgandi.