Xotin-qizlarga huquqiy yordam aksiyasi o‘tkaziladi
eʼlon qilindi
Sayyor qabul va boshqa tadbirlar ham tashkil etiladi

Xotin-qizlarning huquqiy bilimini oshirish va huquqlarini himoya qilish maqsadida «Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak» aksiyasi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, aksiya doirasida bepul huquqiy yordam ko‘rsatish, huquqiy muammolarni bartaraf etish, «Adliya kuni» va «Huquqiy targ‘ibot kuni» loyihalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, kurslar.huquqiyportal.uz tizimida bepul onlayn o‘quv kurslari tashkil etiladi, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda huquqiy ma’lumotlar keng yoritiladi. Bundan tashqari, «Huquqiy axborot minbari» podkastlari, sayyor qabul va boshqa tadbirlar ham o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat boshqaruvida xotin-qizlarning ishtiroki 27 foizdan 35 foizga yetgani haqida yozgan edik.