Fevral oyida iste’mol sektori narxlari 0,5 % ga oshdi
eʼlon qilindi
420 turdagi mahsulot va 90 turdagi xizmat narxlari kuzatildi

2025-yil fevral oyida iste’mol sektori bo‘yicha tovar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,5 % ga oshgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yillik inflyatsiya darajasi (2024-yil fevral oyiga nisbatan) 10,1 % ni tashkil etdi. Fevral oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 0,6 %, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,3 % va pullik xizmatlar 0,8 % ga qimmatlashgani qayd etildi.
Narxlar o‘zgarishini aniqlash uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish obyektlarida 170 mingdan ziyod narx qayd etildi. Umumiy hisobda 420 turdagi mahsulot va 90 turdagi xizmat narxlari kuzatildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yanvar oyida 7,3 mingta yangi korxona tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.