Hindistondagi xalqaro sammitda ovqat talashgan odamlar tartibsizlik chiqardi

Hindistonning Madhya-Pradesh shtatida bosh vazir Narendra Modi ishtirokida o‘tgan Global Investorlar sammitida (Global Investors Summit) ovqat tarqatish paytida tartibsizlik ro‘y berdi, deya xabar qildi CNBC TV.
Unga ko‘ra, 24-25 fevral kunlari o‘tgan tadbirda 60 dan ortiq davlatlar vakillari hamda yetakchi sanoatchilar, jumladan, Gautam Adani ham ishtirok etdi.
Tushlik vaqtida mehmonlar ovqat uchun navbat talashayotgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, biznes va iqtisodiy imkoniyatlar haqidagi muhokamalarni ortda qoldirdi.
Biroq sammit, asosan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra esda qoldi. Kadrlarda mehmonlar bir-birini itarib, idishlarni tortib olayotgani va navbat talashayotgani aks etgan. Ba’zilar shoshib ketib, qo‘lidagi idishlarni tushirib yuborgan va singan idishlarni bosib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 10 million hindistonlik muqaddas suvda cho‘milish uchun bir joyga to‘planib, tartibsizlik hosil qilgan edi.