Oʻzbekiston Osiyo suv kengashiga a’zo boʻldi

eʼlon qilindi
Mamlakat arizasi kengashning Kambodjadagi 22-yig‘ilishida ma’qullandi
Foto: Herbert Goetsch / Unsplash

Oʻzbekiston Osiyo suv kengashi (AWC)ga a’zo boʻldi. Mamlakat arizasi tashkilot rahbariyatining yigʻilishida ma’qullandi. Bu haqda respublika hukumati portalida ma’lum qilindi.

Oʻzbekiston suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamrayev Kambodjada boʻlib oʻtgan AWC direktorlar kengashining 22-yigʻilishida ishtirok etdi. Tashkilot vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi, suvdan samarali foydalanish boʻyicha innovatsion yechimlar koʻrgazmasiga tashrif buyurdi.

AWC 2015-yilda Janubiy Koreya tashabbusi bilan tashkil etilgan. Kengash hozirda 26 mamlakatdan 170 dan ortiq a’zolarni birlashtirgan. Kengash suvni tejovchi texnologiyalarni ilgari surish va ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanadi.

Kengash har uch yilda bir marta Osiyo xalqaro suv haftaligi (AIWW)ni tashkil qiladi. Bundan tashqari, AWC xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va ularning e’tiborini Osiyodagi suv muammolarini hal qilishga qaratadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan OTB Oʻzbekistonga suv resurslarini boshqarish uchun $125 mln ajratishi haqida yozgan edi.

Shuningdek