Qozogʻistonda Mastercard va Visa kartalarini chiqarish keskin oshdi

Qozogʻiston xalqaro toʻlov tizimlari kartalari soni 3,9 foizga, ya’ni 54 milliondan 56 millionga oshdi. Bu haqda mamlakat Milliy banki hisobotida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, yanvar oyida Visa kartalarining emissiyasi 2,8 foizga oshib, 40 million donaga, yil davomida esa 8,1 foizga yetdi. Mastercard kartalari esa bir oyda 7,3 foizga, yil davomida esa 31,6 foizga koʻpayib, 14 million donaga yetdi.
1-mart holatiga koʻra, mamlakatda 83 million toʻlov kartasi muomalada boʻlib, ulardan 48,8 foizi Visa, 17,4 foizi esa Mastercard hisoblanadi. Kartalarning asosiy qismini debet kartalar 82 foiz tashkil etib, kredit kartalar ulushi 15,1 foizga teng.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yil dekabr oyida Qozogʻistonda norezidentlar uchun rasmiylashtirilgan kartalarning amal qilish muddati 12 oy etib belgilangan edi (biznesmenlar, diplomatlar va investorlar bundan mustasno).
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozogʻistonda olti yuzga yaqin blogerlar soliq toʻlamagani aniqlangani haqida xabar bergan edi.