Dollarning rasmiy kursi oshadi
eʼlon qilindi
4-martdan

4-martdan AQSh dollarining rasmiy kursi 7,13 so‘mga oshib, 12 897,20 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 830 – 12 870 so‘mdan sotib olayotgan bo‘lsa, 12 890 – 12 950 so‘m oralig‘ida sotmoqda.
Shu bilan birga, yevro 48,68 so‘mga oshib, 13 449,20 so‘mga yetdi. Rossiya rubli esa 1,81 so‘mga tushib, 144,65 so‘mga teng bo‘ldi.
Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 so‘mga yetishi mumkin.