O‘zbekiston Rossiya sut mahsulotlarining yirik xaridoriga aylandi

eʼlon qilindi
Eng ko‘p hajmda pishloq va tvorog mahsulotlari sotilgan – 30%
Foto: pexels.com

O‘zbekiston 2024-yilda Rossiya ishlab chiqaradigan sut mahsulotlarining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi. Bu haqda «Kommersant» nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2024-yil davomida Rossiya 210 ming tonna sut mahsulotlarini xorijga sotdi. Asosan pishloq va tvorog, qatiq mahsulotlari, muzqaymoq hamda quruq sut eksport qilindi.

O‘zbekiston bilan bir qatorda, ushbu mahsulotlarning yirik xaridorlari Qozog‘iston va Belarus bo‘ldi. Xitoyga eksport ham oshirilgan.

Shuningdek