
Mercedes-AMG 2025-yilda o‘zining eng tezkor elektr superkarini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda 32cars.ru nashri ma’lum qildi.
Superkar innovatsion qattiq holatdagi akkumulyatorlar bilan jihozlanadi. Ushbu texnologiya Mercedes-AMG va Amerikaning Factorial kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilmoqda. Bu nafaqat energiya samaradorligini oshiradi, balki elektromotorlarning quvvatini ham sezilarli darajada kuchaytiradi.
Hozirda eng tezkor AMG modeli Project One bo‘lib, u 100 km/soat tezlikka 3 soniyadan kamroq vaqtda erishadi. Yangi elektr superkar esa bu natijani ortda qoldirishi kutilmoqda.
Mercedes-AMG hozirda GT 4 eshikli kupe va yangi flagmanning elektr versiyalarini ham sinovdan o‘tkazmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mercedes-Benz S-Class taqdimoti boʻlib oʻtgani haqida xabar bergan edi.