Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasida tayinlov amalga oshirildi
eʼlon qilindi
Boshqarmaga Ravshan Sultonxo‘jayev rahbar etib tayinlandi

Ichki ishlar bosh boshqarmasida boʻlib oʻtgan yigʻilishda poytaxt boshqarmasiga Ravshan Sultonxoʻjayev rahbar etib tayinlandi. Bu haqda hukumat portalida ma’lum qilindi.
Ravshan Sultonxoʻjayev tayinlanuvga qadar Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining sobiq boshligʻi Aziz Toshpoʻlatov bir necha kun oldin Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlangan edi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Aziz Toshpoʻlatovning ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlangani haqida yozgan.