Prezident Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatidan noroziligini bildirdi

eʼlon qilindi
Ishlar faqat prezident topshiriq bergandan keyin boshlanishi mumkin emasligini ta’kidlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ishlash uslubidan mutlaqo noroziligini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agentlik xodimlari joylarga borib, muammolarni tahlil qilish va ularga yechim topish o‘rniga faqat jinoyat statistikalarini sanash bilan cheklanib qolmoqda.

Davlat rahbari agentlik rahbariyatining korrupsiya eng ko‘p uchraydigan tumanlardagi sog‘liqni saqlash, bandlik bo‘limlari yoki bank filiallariga borib, real holatni o‘rganmagani va zamonaviy nazorat tizimlarini joriy etish bo‘yicha taklif bermagani uchun keskin tanqid qildi.

Prezident topshirig‘i bilan investitsiya dasturlari ustidan nazorat kuchaytirilganidan so‘ng o‘tgan yili 3 trln so‘m, sog‘liqni saqlash tizimida «Situatsion markaz» ishga tushirilishi natijasida esa 1,2 trln so‘m maqsadsiz xarajatlarning oldi olindi.

Shu bilan birga, davlat rahbari bunday ishlar faqat prezident topshiriq bergandan keyin boshlanishi mumkin emasligini ta’kidlab, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va tegishli idoralarning sustkashligini tanqid qildi.

Bundan tashqari, parlamentdagi budjet qo‘mitalari har yili Davlat budjetidan eng ko‘p mablag‘ oladigan uchta vazirlikda korrupsiyaviy omillarni aniqlash va tizimni yaxshilash bo‘yicha tashabbuskorlik yetishmayotganini qayd etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat ochiqlik reytingida 138 pog‘onaga ko‘tarilib, Markaziy Osiyoda yetakchi bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek