Kiberkorrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishi ochiladi

eʼlon qilindi
Prezident topshiriq berdi
korrupsiya
Kiberkorrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishi ochiladi / Foto: kritchanut / www.depositphotos.com

Prezident Shavkat Mirziyoyev korrupsiyani oldini olish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda zamonaviy korrupsiyaning yangi, raqamli ko‘rinishlariga qarshi kurashish zarurligini ta’kidladi. Shu sababli, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab Ichki ishlar va huquqni muhofaza qilish akademiyalarida kiberkorrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishi ochilishi e’lon qilindi.

Biroq bunday turdagi jinoyatlarni aniqlash va oldini olish faqat zamonaviy kadrlarni tayyorlash bilan cheklanib qolmasligi qayd etildi. Xalqaro tajribani o‘rganish asosida kiberkorrupsiyaga qarshi samarali kurashish bo‘yicha mustahkam huquqiy baza yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, mansabdorlik va maishiy korrupsiya omillarini chuqur tahlil qilish, ularning oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatidan noroziligini bildirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek