Realme 14 Pro Lite taqdim etildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
$250 narx bilan
Realme 14 Pro Lite
Realme 14 Pro Lite taqdim etildi / Foto: Realme

Realme kompaniyasi 14 Pro seriyasining yangi vakili – Realme 14 Pro Lite smartfonini taqdim etdi. U avvalgi Realme 14 Pro va Pro+ modellari bilan bir qatorda seriyaning budjet versiyasi sifatida taklif qilinmoqda. Yangi model oddiyroq texnik xususiyatlarga ega bo‘lishiga qaramay narxi ham sezilarli darajada past. Bu haqda GSMArena nashri malum qildi.

Realme 14 Pro Lite Snapdragon 7s Gen 2 protsessori bilan ta’minlangan bo‘lib, Realme UI 5.0 interfeysida Android 14 operatsion tizimida ishlaydi. Smartfon 8 GB tezkor xotira va 128 yoki 256 GB doimiy xotira variantlarida ishlab chiqariladi. Qurilma 6,7 dyuymli FullHD+ OLED-displey bilan jihozlangan bo‘lib, uning 120 Gts yangilanish tezligi, 2000 nits yorqinligi va Gorilla Glass 7i himoyasi mavjud.

Realme 14 Pro Lite
Realme 14 Pro Lite taqdim etildi / Foto: Realme

Batareya sig‘imi 5200 mA/soat bo‘lib, 45 Vt tez zaryadlash funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Taqqoslash uchun, Realme 14 Pro modelida 6000 mA/soat batareya mavjud. Smartfonning asosiy kamerasi 50 MP Sony LYT-600 sensori bilan ta’minlangan bo‘lib, optik tasvir barqarorligi hamda 8 MP ultra keng burchakli modul bilan ishlaydi. Old kamera esa 32 MP sensorga ega.

Realme 14 Pro Lite
Realme 14 Pro Lite taqdim etildi / Foto: Realme

Boshqa xususiyatlar qatorida displeyga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri, Hi-Res Audio qo‘llab-quvvatlaydigan ikki karnay tizimi va IP65 darajasidagi suv va changdan himoya mavjud. Realme 14 Pro modeli esa yuqoriroq IP68/IP69 va MIL-STD-810H himoya standartlariga mos keladi.

Smartfon oltin va binafsha ranglarda taqdim etilgan bo‘lib, 8GB/128GB versiyasi $250, 8GB/256GB modeli esa $275 narx bilan Hindiston bozoriga chiqmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Realme GT7 Pro smartfonining afzalliklari nimalardan iborat ekani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek