O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 50 foizga oshdi

eʼlon qilindi
2024-yilda
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, uchrashuvda savdo, investitsiya, transport-logistika, turizm va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. O‘tgan yili ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 50 foizga oshgani, qo‘shma korxonalar va yuk aylanmasi ko‘paygani qayd etildi. Toshkent va Tbilisi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yildi, gruziyalik investorlar ishtirokida O‘zbekistonda raqamli bank tashkil etildi.

Foto: President.uz

Tomonlar eksport-import hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va transport-tranzit salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha kelishib oldilar. Raqamlashtirish va turizm infratuzilmasini rivojlantirish ham alohida e’tiborga olindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev ShHT bosh kotibi bilan xavfsizlikni muhokama qilgan edi.

Shuningdek