O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida migratsiya bo‘yicha hamkorlik kelishuvi tasdiqlandi
eʼlon qilindi
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli idoralar kelishuv ijrosini nazorat qiladi

Prezident «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Germaniya hukumatlari o‘rtasida migratsiya va mobillik bo‘yicha keng qamrovli hamkorlik kelishuvi tasdiqlandi.
Mazkur kelishuv 2024-yil 15-sentabrda Samarqandda imzolangan. Uni amalga oshirish doirasida tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha mas’ul organ sifatida Migratsiya agentligi, repatriatsiya masalalari bo‘yicha esa Ichki ishlar vazirligi belgilandi.
Kelishuv kuchga kirgach, uning ijrosini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar zimmasiga yuklatiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va O‘mon turizmni kuchaytirish bo‘yicha hamkorlik qilishi haqida yozgan edik.