Volvo ES90 taqdim etildi

6-mart 2025 09:54 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Volvo ES90
Volvo ES90 taqdim etildi / Foto: volvocars.com

Volvo kompaniyasi o‘zining yangi ES90 modelini taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Yaratuvchilarning ta’kidlashicha, bu na sedan, na krossover, balki «yangi toifadagi» avtomobil hisoblanadi. Aslida esa bu model kross-xetchbek kuzovida ishlab chiqarilgan.

Volvo ES90
Volvo ES90 taqdim etildi / Foto: volvocars.com

ES90 sof elektromobil bo‘lib, 800 voltli platformaga asoslangan. Mashina 350 kVt quvvatga ega tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. 10 foizdan 80 foizgacha zaryad olish atigi 20 daqiqa davom etadi. Maksimal yurish zaxirasi 700 kmni tashkil qiladi.

Model uchta quvvat uzatmasi varianti bilan taqdim etilgan. Asosiy versiya orqa aksdagi 245 ot kuchiga ega elektr dvigatel va 92 kVt quvvatga ega batareyaga ega bo‘lib, WLTP standartiga ko‘ra 640 km masofani bosib o‘ta oladi. O‘rta variantda ikkita elektr motorli to‘liq g‘ildirakli haydovchi qo‘llanilgan bo‘lib, umumiy quvvati 442 ot kuchiga teng va 700 km yurish zaxirasiga ega. Eng qudratli varianti esa 670 ot kuchiga ega bo‘lib, 100 km/soat tezlikka 3,9 soniyada erishadi. Shunga qaramay ES90 ning maksimal tezligi 180 km/soat bilan cheklangan.

Volvo ES90
Volvo ES90 taqdim etildi / Foto: volvocars.com
Volvo ES90
Volvo ES90 taqdim etildi / Foto: volvocars.com

Ichki qismda premium materiallardan foydalanilgan bo‘lib, avtomobil o‘zining ilg‘or texnologik jihatlari bilan ham ajralib turadi. Model NVIDIA Drive AGX Orin SoC chiplariga ega bo‘lib, avtonom haydash tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. U sekundiga 500 tlrndan ortiq operatsiyani bajarishga qodir.

Volvo ES90
Volvo ES90 taqdim etildi / Foto: volvocars.com

Mashinaning g‘ildirak bazasi 3100 mmni, yukxonasi esa 495 litrdan 733 litrgacha kengaytirish imkoniyatiga ega. Uskunalar ro‘yxatiga shaffofligi boshqariladigan panoramali tom, Dolby Atmos qo‘llab-quvvatlovchi Bowers & Wilkins audiotizimi hamda allergenlarni 99,9 foizgacha tozalash imkoniyatiga ega bo‘lgan ilg‘or iqlim nazorat tizimi kiradi.

Volvo ES90
Volvo ES90 taqdim etildi / Foto: volvocars.com
Volvo ES90
Volvo ES90 taqdim etildi / Foto: volvocars.com

Hozirda Volvo ES90 uchun oldindan buyurtmalar qabul qilinmoqda, ammo uning narxi sotuvlar boshlanishi oldidan e’lon qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Volvo aksiyalari Polestarni moliyalashdan bosh tortgani uchun 20 foizga qimmatlashgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek