AQSh Oliy sudi Trampning xorijiy yordamni toʻxtatish haqidagi iltimosini rad etdi

eʼlon qilindi
Oliy sud okrug sudidan qilingan talablarga aniqlik kiritishni so‘ragan
QSh Oliy sudi Trampning xorijiy yordamni toʻxtatish haqidagi iltimosini rad etdi
QSh Oliy sudi Trampning xorijiy yordamni toʻxtatish haqidagi iltimosini rad etdi / Foto: Airtel

AQSh Oliy sudi Tramp ma’muriyatining $2 mlrdlik xorijiy yordamni toʻxtatish haqidagi iltimosini rad etdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Sudga da’vo qilgan notijorat tashkilotlar berilishi kerak boʻlgan pulni kutishmoqda. Yanvar oyi oxirida AQSh Davlat kotibi Marko Rubio deyarli barcha xorijiy yordam dasturlari, shu jumladan, Ukraina uchun moliyalashtirishni 90 kunga muzlatib qoʻyishni buyurgan.

Ma’lum qilinishicha, okrug sudi Tramp ma’muriyatiga USAID yordamini tiklash talabnomasi bilan chiqqan edi. Mazkur hukm USAIDʼning barcha dasturlarini moliyalashtirishni toʻxtatishga qarshi da’vo boʻyicha Kolumbiya okrugi sudida boʻlib oʻtgan eshituv natijalariga koʻra chiqarilgan. Okrug sudyasi Amir Aliga koʻra, rasmiylar blokdan chiqarish toʻgʻrisidagi avvalgi qarorni bajarmagan.

Shuningdek