Bektemir tumani elektr ta’minotidan vaqtincha uziladi
eʼlon qilindi
6-mart kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha

Bugun, 6-mart kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha Bektemir tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar elektr tarmoqlari xabar berdi.
Tumanda olib boriladigan ta’mirlash ishlari tufayli «Nurli yo‘l», «Musaffo» hamda «Sohil» MFYlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi bo‘lmaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan poytaxtdagi to‘rtta tumanda tabiiy gaz vaqtincha o‘chirilishi haqida yozgandi.