Uzbekistan Airports yangi lotlarni auksionga qo‘ydi

Uzbekistan Airports kompaniyasi Toshkent xalqaro aeroporti va yangi qurilayotgan yuk terminali hududida joy ijarasi uchun E-auksion.uz platformasida bir nechta lotlarni joylashtirdi.
Toshkent xalqaro aeroportidagi lotlar:
- Bank maslahat xizmati uchun joy – 10 kvadrat metr maydon, 180 mln so‘m boshlang‘ich narx (QQSsiz);
- Xorijiy aviakompaniya vakilligi uchun joy – 8 kvadrat metr, 96 mln so‘m boshlang‘ich narx (QQSsiz);
- Xalqaro brend ostidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasi – 30 kvadrat metr, 540 mln so‘m boshlang‘ich narx (QQSsiz);
- CIP lounge uchib kelish zalidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasi – 40 kvadrat metr, 288 mln so‘m boshlang‘ich narx (QQSsiz);
- Aviatsiya tozalash xizmatlari uchun joy – 72,59 kvadrat metr, 548 mln so‘m boshlang‘ich narx (QQSsiz).
Shuningdek, yangi yuk terminali ma’muriy binosida 132,2 kvadrat metr maydonni, umumiy ovqatlanish shoxobchasini (oshxona) joylashtirish uchun, elektron savdo yoʻli bilan ijaraga berish rejalashtirilgan. Lotning yillik boshlang‘ich bahosi – 237 mln so‘m (QQSsiz).
Ushbu auksionlar 2025-yil 11 va 13-mart kunlari E-auksion.uz platformasida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar texnik talablarga mos kelishi shart. Har bir lot bo‘yicha batafsil ma’lumotlar E-auksion.uz saytida mavjud bo‘lib, auksion jarayonida boshlang‘ich narx kamida 10 foizga oshishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqand aeroporti yo‘lovchi oqimi bo‘yicha rekord qayd etgani haqida xabar bergan edi.