Sirdaryoda 850 mln so‘mlik elektr o‘g‘riligi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Oʻzboshimchalik bilan 850 mln soʻm elektr energiyasini noqonuniy iste’mol qilganlarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Guliston shahridagi «I.A.S» MChJ va elektr ta’minoti mansabdor shaxslari oldindan til biriktirib, koʻp qavatli uylarni noqonuniy elektr tarmoqqa ulaganligi aniqlandi. Natijada 850 mln soʻmlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.
Holat boʻyicha jamiyat va elektr ta’minoti korxonasi xodimlariga Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
«Energoresurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi ta’minlanadi», – deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Buxoroda noqonuniy mayning ferma 2,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasi talon-toroj qilgani haqida yozgan edi.