Samsung Galaxy S24 uchun yangi xavfsizlik yangilanishi taqdim etildi

Samsung kompaniyasi Galaxy S24, S24 Plus va S24 Ultra smartfonlari uchun mart oyiga oid xavfsizlik yangilanishini chiqardi. Bu haqda Sammobile ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu patch Android operatsion tizimi va One UI interfeysida aniqlangan xavfsizlik zaifliklarini bartaraf etadi.
Yangilanish Google tomonidan taqdim etilgan 51 ta va Samsung tomonidan ishlab chiqilgan 7 ta xavfsizlik tuzatishlarini o‘z ichiga oladi. Ulardan 11 tasi «tanqidiy», 40 tasi esa «yuqori darajali» muammolar hisoblanadi.
Hozirda yangilanish Janubiy Koreyada mavjud bo‘lib, tez orada boshqa mintaqalarga ham tarqatilishi kutilmoqda. Uning hajmi 280 MB bo‘lib, S92xNKSS5AYB1 raqami bilan belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq YouTube ommabop premium obunasini joriy etgan edi.