Namanganda yangi maxsus eksport zonasi tashkil etiladi

Namangan viloyatida «Namangan» maxsus eksport zonasi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu zona eksportga yo‘naltirilgan loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
2025-yil 1-iyundan maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish uchun import xomashyo, material va butlovchi qismlarni boj to‘lovlarisiz bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, 2028-yil 1-yanvarga qadar maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari direksiyalari yer solig‘ining 1 foizi miqdorida ijara to‘lovini amalga oshirish tartibi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda maxsus iqtisodiy zonalarini rivojlantirish orqali 29 ming doimiy ish o‘rni yaratilishi haqida yozgan edik.