Husanov «Manchester City»ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisiga aylandi

eʼlon qilindi
Rekord darajada to‘plangan ovozlar bilan
Abduqodir Husanov
Foto: Manchester City

«Manchester City» himoyachisi Abduqodir Husanov fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Yaqinda 21 yoshga to‘lgan o‘zbekistonlik futbolchi so‘rovnomada «Manchester City» hujumchisi Erling Holand va himoyachi Yosho Gvardiolni ortda qoldirib, rekord darajadagi ovoz to‘pladi.

«Chelsi» bilan omadsiz debyutdan so‘ng Husanov tezda o‘z o‘yinini topa boshladi.

U «shaharliklar» safida o‘tkazgan ikkinchi uchrashuvida Riko Luisning zarbasini yo‘naltirib, «Leyton Orient» darvozasiga gol urdi va hisobni tenglashtirdi.

Keyingi turda «Nyukasl Yunayted»ga qarshi bahsda Aleksandr Isak va Entoni Gordon uchun muammo tug‘dirib, jamoasiga 4:0 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritishda yordam berdi.

Shundan so‘ng, u «Real Madrid»ga qarshi o‘yinda o‘ng qanot himoyachisi sifatida maydonga tushib, Vinisius Junior va Kilian Mbappega qarshi kurash olib bordi. Garchi «shaharliklar» 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa-da, hamyurtimiz mustahkam himoyasi bilan ajralib turdi.

Premyer-liganing 26-tur markaziy uchrashuvida «Manchester City» «Liverpul»ga mag‘lub bo‘lganiga qaramay Husanov yana himoyachilar orasida eng yaxshisi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Manchester Sity» «Tottenhem» ustidan minimal hisobda gʻalaba qozongan edi.

Shuningdek