Zeekr 007 GT’ning rasmiy suratlari e’lon qilindi

8-mart 2025 18:13 eʼlon qilindi

Vadim Yerzikov

Vadim Yerzikov

Bosh muharrir o‘rinbosari v.erzikov@kursiv.media
Zeekr 007 GT
Zeekr 007 GT rasmiy suratlari e’lon qilindi / Foto: Zeekr

Xitoyning Zeekr kompaniyasi o‘zining yangi modeli Zeekr 007 GT elektromobilining rasmiy suratlarini e’lon qildi. U Zeekr 007 bazasida yaratilgan bo‘lib, 2025-yilning ikkinchi choragida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Bu haqda ITHome xabar berdi.

Dizayndagi asosiy o‘zgarish – avtomobilning orqa qismi. Sedandan farqli ravishda orqa ustundan keyingi tom chizig‘i tekisroq shaklga ega bo‘ldi, bu esa yukxona hajmini oshirdi.

Foto: Zeekr

Bazaviy konfiguratsiya 421 ot kuchiga ega elektromotor bilan jihozlangan bo‘lib, 100 km/soat tezlikka 5,4 soniyada erishadi. To‘liq uzatmali versiya esa 224 va 421 ot kuchiga ega ikkita motor bilan ta’minlangan bo‘lib, u 2,84 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqadi.

Foto: Zeekr

Model 800 voltli arxitektura asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, 500 kVt quvvatgacha tezkor quvvat olish imkoniyatiga ega. Avtomobil Geely tomonidan ishlab chiqilgan BRIC batareyasi bilan ta’minlangan. Bor-yo‘g‘i 15 daqiqalik quvvat olish orqali 500 km masofaga yetadigan energiyani yig‘ishi mumkin.

Zeekr 007 GT 75 kVt•soat sig‘imli batareyasi bilan 650 km, 100 kVt•soat sig‘imli versiyasi esa 825 km masofani bosib o‘tishi mumkin (CLTC standarti bo‘yicha).

Foto: Zeekr

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Zeekr brendi 2025-yilning ikkinchi choragida o‘zining yangi modeli – Zeekr 007 GT elektromobilini Yevropa bozorida taqdim etishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek