Shavkat Mirziyoyev BAA rahbarini tavallud kuni bilan qutladi

eʼlon qilindi
Muloqot telefon orqali amalga oshirildi
Shavkat Mirziyoyev BAA rahbari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev BAA rahbari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni tavallud kuni bilan qutladi/ Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 11-mart kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Birlashgan arab amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni tavallud kuni bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev BAA prezidentiga mustahkam sogʻlik va farovonlik, BAA xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan. Davlat rahbarlari butun musulmon ummati uchun muqaddas boʻlgan ramazon oyi munosabati bilan ham bir-birlarini samimiy qutlagan.

Muloqotda yetakchilar koʻp qirrali hamkorlik, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etgan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan prezident Erdogʻanni tavallud kuni bilan tabriklagani haqida yozgan edi.

Shuningdek