Navoiyda o‘zbek tilida taomnomasi bo‘lmagan ovqatlanish maskaniga ish qo‘zg‘atildi

Navoiy shahridagi «Navoiy-saxovat manzili» MChJga tegishli umumiy ovqatlanish maskanida iste’molchilar huquqlari buzilgani aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
Fuqaro qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga ushbu holat bo‘yicha murojaat qilgan. Boshqarma tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida taomnomalarning davlat tilida taqdim etilmagani, mahsulotlar narxnomalari, ish rejimi hamda QR-kodli ma’lumotlar joylashtirilmagani ma’lum bo‘ldi.
Maxsus komissiya tomonidan «Navoiy-saxovat manzili» MChJga qonun talablariga rioya etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi. Shuningdek, jamiyat mas’uliga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sud organiga yuborildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Raqobat qo‘mitasi «Agrobank» va «Ipoteka-bank»ka nisbatan ish ochgani haqida yozgandi.